Prezident 4 shahar va 5 tuman hokimini lavozimdan olish bilan ogohlantirdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 ta shahar va 5 tuman hokimlari va sektor rahbarlarini ogohlantirdi. Agar ular o‘z hududida bandlikni ta’minlash bo‘yicha rejani bajarmasa, lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda davlat rahbari bugun, 31 mart kuni bo‘lib o‘tayogan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirdi.

Davlat rahbari ish o‘rinlarini tashkil etish, bandlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratib, shunday deydi: 

“Bunga faqat iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida emas, balki xalqimizning ijtimoiy himoyasi nuqtai-nazaridan qarash zarur va shart”.

Prezident ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha rejalar qoniqarsiz bajarilayotganini qayd etdi. 

Unga ko‘ra, Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmda yanvar-fevral oylaridagi bandlik dasturi ijrosi yillik rejaga nisbatan past bajarilgan.

Tuman va shaharlar kesimida Samarqand, Termiz, Nurafshon, Zarafshon shaharlari, Amudaryo, Qorovulbozor, Denov, Qiziriq, Shovot tumanlarida 2 oylik ko‘rsatkichlar qolgan hududlardan ancha past. 

Xizmatlar va hunarmandchilikda bandlikni ta’minlashda ham ko‘plab tumanlarda ishlar qoniqarsiz.

Agar yarim yil yakuni bilan natija bo‘lmasa, ushbu shahar va tuman hokimlari va sektor rahbarlari lavozimidan ozod etilishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1083

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing