Prezident 30 yildan beri surilib kelgan masalada yig‘ilish boshladi

Jamiyat

image

Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yildan berib surib kelinayotgan masala – davlat xizmatini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Bugungi mavzu 30 yildan beri keyinga surilib kelayotgan masalalar yechimiga qaratilgan.

Gap 35 million aholimizning hayotini yengil qiladigan, kayfiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan – davlat xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlik va sifatni oshirish haqida borayapti”, degan Prezident yig‘ilish avvalida. 

Ta’kidlanishicha, bu sohada 118 ming kishi mehnat qilmoqda. So‘nggi yillarda davlat xizmatchilari xalqqa ancha yaqinlashdi, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xodimlarga samarali ishlashlari uchun munosib sharoitlar yaratildi. Natijada, davlat xizmatida 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlar ulushi 61 foizga yetdi (ilgari 37 foiz bo‘lgan).

“Lekin, hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo‘q”, degan Prezident.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlarining bilimsizligi va mas’uliyatsizligi haqida 25 mingta, ularning muloqot madaniyati yetishmasligi bilan bog‘liq 7 mingta shikoyat kelib tushgan.

Eng ko‘p shikoyatlar Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi  vazirliklari, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari faoliyati bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

714

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing