“Tolibon” Trampning saylovda g‘alaba qozonishiga umid qilyapti

Olam

image

"Tolibon" terroristik guruhi AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampni saylovlarda qayta saylanishiga va AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishiga umid qiladi. Bu haqda "Tolibon" vakili Zabiulla Mujohid ma’lum qilgan.

"Biz Tramp saylovlarda qayta g‘alaba qozonadi va AQSHning Afg‘onistondagi harbiy ishtirokiga chek qo‘yadi, deb umid qilamiz", degan Mujohid. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, butun dunyo Trampni bema’ni odam deb bilsa ham, "toliblar uchun u aqli raso va dono". 

Harakatning yana bir vakiliga ko‘ra, Trampning koronavirus infeksiyasi yuqtirganini "Tolibon" xavotir bilan qarshilagan.

"Tramp COVID-19 bilan kasallanganini bilib, uning salomatligi haqida qayg‘ura boshladik. Lekin u butunlay sog‘ayganga o‘xshayapti", degan u. 

Tramp kampaniyasi esa AQSH Prezidenti "Tolibon"ni qo‘llab-quvvatlamoqchi emasligini ma’lum qilgan.

"Biz sizning fikringizni rad etamiz. Toliblar shuni bilsin-ki, Prezident har doim Amerika manfaatlarini barcha kerakli vositalar bilan himoya qiladi. U Usama bin Laden va Qosim Sulaymoniyni yo‘q qilishga qarshi chiqqan Jo Baydenga o‘xshamaydi", deyilgan kampaniya ma’lumotida

Avvalroq, Tramp 25 dekabr - Rojdestvoga qadar barcha Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishga umid qilayotganini aytgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga tobora yaqin qolmoqda. Saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing