Prezident 10 ta viloyat hokimi o‘rinbosarlariga “uyg‘onishi” uchun 3 oy vaqt berdi
Jamiyat
−
26 aprel 2022
11334Savitskiy, Termiz arxeologiya, O‘zbekiston davlat san’at muzeylariga butun dunyodan odamlar keladi, lekin mahalliy aholini bu madaniyat maskanlariga borishi tizimli tashkil etilmayapti. Shu kabi bir qator muammolarni Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 aprel kuni turizm sohasini yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm ob’ektlarini ko‘paytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tanqid qildi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda 122 ta muzey mavjud, amm ularning salohiyatidan foydalanilmayapti. Muzeylarda 2,5 mlndan ortiq ashyo saqlanib, 112 mingtasi nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida noyob hisoblanadi.
“Lekin qaysi hokim muzeylar muammosi bilan shug‘ullandi, degan savolga ijobiy javob yo‘q. Misol uchun, Savitskiy, Termiz arxeologiya, O‘zbekiston davlat san’at muzeylariga butun dunyodan odamlar keladi, lekin aholimizni bu madaniyat maskanlariga borishi tizimli tashkil etilmayapti.
Shu bois bugun Abduhakimovga yangi o‘rinbosarlar – Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev, Botir Shaxriyorovni tayinladim. Har bir viloyat hokimiga ham turizm bo‘yicha o‘rinbosarlar berilgan. Bunday imkoniyat qachon bo‘lgan? Bu borada Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Farg‘onada turizm bo‘yicha o‘rinbosarlar yaxshi ishlayapti. Qolgan hudud mas’ullari hali “uyg‘ongani” yo‘q”, dedi Prezident.
Yig‘ilishda shu 4 ta hududdan tashqari barcha viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati belgilash, yakuni bo‘yicha lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
LiveBarchasi