Prezident Ortiqxo‘jayev va uning birinchi “zami”ni qat’iy ogohlantirdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida mahallabay ishlash tizimi bilan bog‘liq ahvol sabab poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ogohlantirildi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda so‘z borgan.

“Hali 40 foiz mahallada hokim yordamchilarining ishida natija ko‘ringani yo‘q. Misol uchun, 450 ta mahallada ishsizlik darajasi 20 foizdan yuqori. Bunday mahallalar soni Toshkent viloyatida – 59 ta, Farg‘onada – 52 ta, Andijonda – 45 tani tashkil etib, qolgan hududlardan ko‘p”, deydi Prezident.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, uning birinchi o‘rinbosari va soliq boshlig‘i qat’iy ogohlantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

767

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing