Prezident huzurida Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tashkil etildi
Jamiyat
−
31 dekabr 2022
5983“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Prezidentga hisobdor bo‘lgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, jumladan:
• Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
• qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Ushbu institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazish yuklatiladi:
• ma’muriy islohotlar o‘tkazish sharoitida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning huquqiy muammolarini o‘rganish;
• konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);
• normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish ta’sirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini o‘rganish.
Qarorga ko‘ra, institut tomonidan o‘tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.
LiveBarchasi