Prezident huquq-tartibot organlaridagi inson huquqlariga zid holatlar haqida so‘z ochdi
Jamiyat
−
20 dekabr 2022 5933 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatnomasida mamlakat huquq-tartibot organlarida inson huquqlariga va qonunchilikka zid holatlar ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi.
“Oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilmoqda. Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi”, deydi davlat rahbari.
Prezidentga ko‘ra, endilikda huquq-tartibot organlariga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi.
“Hech kimning unutishga haqqi yo‘q – Qonun talablari va inson huquqlari – biz uchun oliy qadriyat!” deydi Prezident.
Live
Barchasi