Prezident hokim va ularning “zam”larini ogohlantirdi
Jamiyat
−
07 iyun 2022
11927Joriy yilning yanvar-may oylarida yaratilgan ish o‘rinlarining 510 mingtasi o‘zini o‘zi band qilganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda bugun, 7 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tgan.
Qayd etilishicha, joriy yilda xizmatlar sohasida 120 mingdan ortiq yangi loyihani ishga tushirish, xizmatlar hajmini 435 trillion so‘mga yetkazish (o‘tgan yili 283 trillion so‘m bo‘lgan) hamda sohada 1,5 million ish o‘rni yaratish reja qilingan.
“Lekin ayrim tuman va shahar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari mavjud imkoniyatlardan foydalanib, ishlarni to‘g‘ri tashkil eta olmayapti.
Misol uchun, xizmatlar sohasida yanvar-may oylarida 756 ming ish o‘rni yaratildi. Lekin, ish o‘rinlarining atigi 232 mingtasi yoki 31 foizi yangi ob’ektlarda yaratilgan.
Qolgan 510 mingta ish o‘rni o‘zini o‘zi band qilganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”, deydi Prezident.
Shuningdek, yig‘ilishda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlari yaxshi natija ko‘rsatgani, Jizzax, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryodagi ishlar ahvoli esa qoniqarsiz ekani ta’kidlangan.
LiveBarchasi