Prezident huzurida Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan bilan Strategik rivojlanish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi.

Agentlikning asosiy vazifalari etib, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish takliflarini ishlab chiqish, ularni tashkil etish va nazorat qilish belgilanmoqda. 

Qayd etilishicha, Agentlik bosh direktori va uning o‘rinbosarlari Prezident tomonidan tayinlanadi.

Shuningdek, islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholash, rasmiyatchilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratuvchi tizimli muammolarni aniqlash, bartaraf etish choralarini ko‘rish ham agentlik vazifalaridan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyevning shaxsan raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi tuzilgan. Kengashga bir qator vakolatlar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing