Prezident Sherali Jo‘rayevni mukofotladi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 12 aprel kuni 75 yoshini qarshi olgan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zining noyob iste’dodi, ko‘p yillik samarali va betakror ijodi bilan o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi,  mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyatini ro‘yobga chiqarish  borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti, “Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik Kengashi raisi Sherali Jo‘rayev “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlansin.    
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

652

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing