Zerikdim demang, PEPSI bilan bayramni boshlang!

Biznes

image

Pepsi sizni eng sehrli ayyom – Yangi yil arafasida bayram nafasini his etish va unutilmas taassurotlardan bahramand bo‘lishga chorlaydi!

"Magic City" va "Tashkent City" bog‘lari ma’muriyati bilan hamkorlikda siz uchun Yangi yil dasturini tayyorladik: yorqin konsert shoulari, ertaknamo chiqishlar, ajoyib fotozonalar va animatorlar uzoq vaqt yodingizda qolishi aniq. Keling va sovg‘alar o‘yinida ishtirok eting, Qorbobolar paradini va yana ko‘plab shoularni miriqib tomosha qiling!

"Magic City"da Yangi yil dasturi 16 dekabr sanasidan boshlandi. Ushbu betakror bayram dasturida siz unutilmas oqshom shoularidan bahramand bo‘lasiz. Birinchi kundan boshlab soat 18:00 dan 19:00 gacha Registon maydonida Yangi yil ertagi – butun oila uchun mo‘’jizaviy tomosha namoyish etiladi.

20 dekabrdan boshlab,  unutilmas Lazer shousi sizni kutmoqda – eng yaxshi ijrochilarning ajoyib chiqishlarini "Magic City" amfiteatrida soat 19:30 dan 20:30 gacha tomosha qilishingiz mumkin. Soat 21:00 dan 21:40 gacha esa bog‘da barcha uchun ertak qahramonlarining paradi namoyish etiladi.

"Tashkent City"da ham bayram kunlari yorqin va qiziqarli dasturlar juda ko‘p bo‘ladi. Illyuzionistlarning chiqishlari, food-rekordlar, havo sharlari parvozi, sovg‘alar festivallari shular jumlasidandir. PEPSI bilan birga Yangi yil ijobiy hissiyotlarga boy bo‘lishi aniq!

PEPSI va Mountain Dew brendlarining yorqin fotozonalarini toping, oilangiz va do‘stlaringiz bilan eng zo‘r selfi va suratlarga tushing, ularni @pepsi_uzbekistan belgilari bilan Instagramga joylang va biz sizning stories'laringizni, albatta, rasmiy sahifamizga joylaymiz!

Bundan tashqari, har bir kishi Yangi yil arafasida PEPSI "syurpriz"idan bahramand bo‘lishi mumkin!  Atigi 3 kun, 2021 yilning 24 dekabridan 26 dekabriga qadar mamlakatimizning 10 viloyatidagi ko‘cha va xiyobonlarda Qorbobolar sayrga chiqadi! Bizning saxiy qahramonlarimiz Yangi yil sehrini kutayotgan barcha bolajonlarga shirindan-shakar sovg‘alarni birma-bir ulashish niyatida!

Va eng muhimi, 2021 yilning 26 dekabr kuni biz mo‘’jizaga ishonuvchan pok qalb egalariga atalgan eng ta’sirli bayram tadbirini o‘tkazamiz. Zero, bayramona muhit yaratib, sehrli bayram arafasidagi bitmas-tuganmas quvonchni Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari bilan baham ko‘rish - Yangi yil bayramining asl ezgu maqsadidir!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib, yangiliklardan boxabar bo‘lib boring, eng qiziqarlilari hali oldinda!

Instagram @pepsi_uzbekistan @magiccityuz @tashkentcitypark
 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pepsi yangiyil

Baholaganlar

32

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar