Yoqilg‘i-energiya mahsulotlari narxining o‘sgani inflyatsion kutilmalarni oshirdi – MB

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yoqilg‘i-energiya mahsulotlari narxlarining oxirgi uch oyda sezilarli o‘sgani transport, yo‘lovchi tashish, yetkazib berish va logistika xizmatlari narxlarining ham oshishiga olib keldi. Bu haqda bugun, 9 dekabr kuni Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani belgilash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya mahsulotlari narxlarining o‘sgani, o‘z navbatida, aholining inflyatsion kutilmalari uchun ham asosiy oshiruvchi ahamiyat kasb etadi. Kelgusida inflyatsion xatarlarni pasaytirish masalasi, birinchi navbatda, ushbu mahsulotlar narxlari oshishini oldini olish vazifasini kun tartibiga chiqarmoqda.

Respondentlar inflyatsion kutilmalarning asosiy omillari sifatida yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi, pandemiya bilan bog‘liq noaniqliklarning ishlab chiqarish hamda mahsulot yetkazib berishga (import) ta’sirini keltirishgan.

Shuningdek, dastlab aksariyat markaziy banklar tomonidan oziq-ovqat va energiya resurslari narxlari bilan bog‘liq inflyatsion jarayonlar vaqtinchalik ahamiyat kasb etishi e’tirof etilgan bo‘lsa, endilikda inflyatsion xatarlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing