“Aqlli” elektr hisoblagichlar “qo‘shib yozish”i rostmi? Soha mutaxassisi javob berdi

Jamiyat

Xabaringiz bo‘lsa, O‘zbekistonda aholi xonadonlariga “aqlli” elektr hisoblagichlarning o‘rnatilishi ortidan yangi uskuna “qo‘shib” hisoblashi haqidagi turli gap-so‘zlar tarqalib, ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

QALAMPIR.UZ muxbiri bugun, 27 may kuni Energitika vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvida Energetika vazirligining loyiha ofisi direktori o‘rinbosari Bahrom Umarbekovdan mazkur holat yuzasidan izoh oldi.

“Yangi elektr hisoblagichlarini o‘rnatishdan asosiy maqsad: O‘zbekiston bo‘yicha yaxlit hisoblash tizimini yaratish. Bu hisoblagichni ichida bizning markaziy tizim bilan “gaplasha” oladigan dastur bor. Shu sababli ham biz barcha hisoblagichlarni almashtirib chiqdik. Shu bilan birga, mana shu dastur bir paytning o‘zida kim qancha elektr sarflayotganini, nafaqat xonadon balki, mahalla, “kvartal” yoki shahar qancha elektr sarflayotganini ko‘rib, nazorat qilib turish imkonini beradi”, dedi Bahrom Umarbekov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hisoblagich ko‘p ko‘rsatyapti degan gap umuman asossiz. Chunki har bir elektr hisoblagich ishlab chiqaruvchi testidan va “O‘zstandart” agentligi testidan o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, ushbu hisoblagichlarni yana bir afzallik jihati shundaki, fuqarolarning o‘zlari elektr ishlab chiqaruvchi qurilmalar qo‘ysa, masalan quyosh panellari yoki shamol parraklari o‘rnatsa va buning natijasida o‘zi uchun elektr toki ishlab chiqarsa, ortiqchasini tizimga sotishi mumkin. Bu mana shunday ikki tomonlama ishlaydigan tizimdir.

“Biz har xil hisoblagichlar bilan ishlagandan ko‘ra, yangi hisoblagich joriy etaylik-da, barcha muammolarni hal qilaylik dedik. “Aqlli” elektr hisoblagichlarni o‘rnatishdan oladigan iqtisodiy manfaatimiz va buzilib qolganda ta’mirlash uchun ketadigan mablag‘ni iqtisod qilib qolishimiz bir yilda butun xarajatlarni qoplab ketadi. Jamiyat nuqtai nazaridan olib qarasak, bu juda ham yaxshi ish bo‘ldi. Yangi hisoblagichlar ko‘p “yeyapti” deyish bu noto‘g‘ri” dedi Umarbekov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing