O‘zsanoatqurilishbank OAV xodimlari uchun Jizzax viloyatiga press-tur tashkil etdi

Biznes

image

Joriy yilning 28 sentyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari uchun Jizzax viloyatiga press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan korxona faoliyati hamda mazkur hududda muassasa mijozlariga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

2021 yil 21 oktyabrda Prezidentimizning jizzaxliklar bilan saylovoldi uchrashuvida hudud sanoatini “Jizzaxda ishlab chiqaring” g‘oyasi asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlagan edi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga sanoat dasturi sifatida kiritilgan ushbu g‘oya bugungi kunda hududda qator yangi ishlab chiqarishlarning yo‘lga qo‘yilishiga omil bo‘lmoqda.

Aytish joiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham viloyatda bir necha o‘nlab yirik sanoat loyihalarini moliyalashtirishga jonbozlik ko‘rsatib kelinmoqda.

Forish tumanida bazalt tolasidan geosetkalar ishlab chiqarish loyihasi shular sirasiga kiradi.

Press-tur davomida OAV xodimlari “Geobasalt products” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ushbu ishlab chiqarish ob’ekti bilan tanishtirildi.

– Bugungi kunda Yaponiya, Xitoy, Turkiya kabi Sharq mamlakatlari shaharsozligida keng qo‘llaniladigan bazalt tolasidan ishlab chiqariluvchi geosetkalar O‘zbekiston qurilish materiallari bozori uchun innovatsion xarakterga ega mahsulot hisoblanadi, – deydi “Geobasalt products” MCHJ bosh texnologi Ahmadjon Yusufjonov. – Bizni yangi mahsulot yaratishga undagan asosiy sabab – bu respublika miqyosida bazalt xom ashyosining 65 foizi aynan Jizzax hududida mavjudligi hamda mazkur qurilish materiali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot turiga kirishidir.

Korxonaning ishga tushirilishida 17,8 mln. dollar miqdorida mablag‘ sarf qilindi. Bank tomonidan Buyuk Britaniya texnologik uskunalarini olib kelib o‘rnatishga moliyaviy ko‘maklashildi.

Hozirda u yerda yiliga 5 million metr kvadrat bazalt tolasidan geosetkalar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning qariyb 68 mlrd. so‘mlik qismi xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

E’tiborli tomoni, “Geobasalt products” jamiyatida 120dan ziyod yangi ish o‘rni yartilgan. Shu bois 2021 yilda Jizzax viloyatida “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan korxona” nomini oldi.

 

Press-tur kun tartibiga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbankning Jizzax mintaqaviy bank tarmog‘ida matbuot anjumani ham tashkil qilindi.

Unda jurnalistlar Jizzax mintaqaviy bank xizmatlari ofisi (BXO) tomonidan shu yilning o‘tgan 6 oyi davomida ko‘rsatilgan xizmatlar va ularning natijadorligi haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bank tarmog‘ida jozibali moliyaviy xizmat va mahsulotlar joriy etilgan sayin mijozlar bazasi ham tobora oshib bormoqda. Xususan, bank mahsulotlari soni 1,5 barobarga ko‘payib, chakana mijozlar soni 3 barobarga o‘sgan.

Kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining bank kreditlari bo‘yicha murojaatlari 2 baravarga ortib, hisobot davrida 40 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Aholi va xo‘jalik sub’ektlarining jami 15 mlrd. so‘mlik bo‘sh pullari omonatlarga jalb qilingan.

Iqtisodiyot tarmoqlariga doir loyihalarni moliyalashtirishda qishloq xo‘jaligi (kredit qo‘yilmadagi hajmi 42,46 foiz) va sanoat (41,17 foiz) ustuvorlik kasb etgan.

Birgina qurilish materiallari sanoatidagi umumiy hajmi 749 mln. dollar bo‘lgan 51 ta loyihaning tatbiq etilishiga bank tarmog‘i tomonidan 2,2 mlrd. so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratilgan, 348 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilingan. Natijada, 2,2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari barpo etilgan.

– O‘zsanoatqurilishbank tizimida qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lgani bois, bu borada yangi tizim yaratilgan, – deydi Jizzax mintaqaviy BXO boshlig‘i Diyor Nomozov. – Unga ko‘ra, biz birinchi navbatda mavjud zaxira konlariga ega qurilish materiallari ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarga alohida e’tibor bermoqdamiz. Bugun mijozlarimiz orqasida keramzit, mineral tola, pardozbop toshlar, sement, g‘isht kabi qurilish materiallarini yetkazib berish bo‘yicha nafaqat mahalliy, balki xorijiy hamkorlaridan ham buyurtmalar olishda katta natijalarga ega bo‘lganlar talaygina.

Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing