“Prava”ni almashtirish muddati yana uzaytirilmoqda

Jamiyat

image

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlari mutanosib tarzda – 2023 yilning 31 dekabriga qadar o‘zaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Bu haqda Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023 yilning 31 dekabriga qadar o‘zaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Shuningdek, haydovchilik guvohnomalari almashtirilmagan fuqarolar sonidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilarning tahminiy soni va asosli talabini inobatga olib, haydovchilik guvohnomasini almashtirish punktlarini kamida ikki barobarga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprelidan boshlab haqiqiy emas, deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha, istisno tariqasida tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son qarori bilan milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning plastik shaklda tayyorlanadigan yangi namunalari joriy etilgan.

Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, har bir guvohnoma almashtirish punktiga kuniga 55-60 nafardan fuqaro murojaat qilganda – to‘liq qamrov uchun o‘rtacha 4 yil vaqt sarf qilinishi rejalashtirilgan edi. Hozirda esa, bir kunda 500-600 nafar fuqaro murojaat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni – qariyb 5,7 mln. nafarni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020 yildan – 2021 yilning oxiriga qadar, keyinchalik 2021 yildan – 2022 yilning so‘ngiga qadar) uzaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 19 martidan – 2 apreligacha vaqtincha ko‘rsatilmaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

585

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made