“Prava”ni almashtirish muddati uzaytirilishi mumkin

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan,  eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini toifalashtirilgan tarzda uzaytirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.

Xususan, ushbu qaror loyihasida “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 2 martdagi 116-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 9-son, 135-modda) 3-bandiga o‘zgarishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qaror loyihasiga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari, ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:

 • 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2022 yil 31 martga qadar;
 • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyunga qadar;
 • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrga qadar;
 • 2015 yildan keyingi keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrga qadar muddatlarda majburiy tartibda belgilandi.

Jumladan, eski namunadagi avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2022 yil 1 yanvardan boshlab, milliy haydovchilik guvohnomalari esa ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:

 • 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2022 yil 1 apreldan;
 • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 1 iyuldan;
 • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 1 oktyabrdan;
 • 2015 yildan keyingi keyin berilganlari – 2023 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Bundan tashqari, taklif etilayotgan qaror loyihasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini bir yilga uzaytirish nazarda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, amaldagi Qarorga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabr qadar belgilangan. 

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

416

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing