Poytaxtdagi yoshlar yetakchilari rag‘batlantirildi

Biznes

image

16 iyun kuni Toshkent shahar hokimi va yoshlar yetakchilari bilan yarim yillik amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha sarhisob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushrashuvda Jahongir Ortiqxo‘jayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va 300 nafar yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar yetakchilari tomonidan mahallada yoshlarga foydali bo‘lgan takliflar bilan ishtirok etishgan hamda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev takliflarni qo‘llab-quvvatlab tegishli tashkilotlarga topshiriq bergan.

Tadbirda mahalla faoliyatida barcha yoshlarga o‘rnak bo‘lgani, o‘z hamkasblari orasida obro‘ - e’tibor qozongani, poytaxt yoshlarining muammolarin yechishda tashabbuskorligi bilan namuna bo‘lgan 30 nafar yoshlar yetakchilarining 10 nafari Turkiya Respublikasiga tajriba almashinuvi dasturiga, 10 nafari skuterlar, 10 nafariga rag‘batlantiruvchi vaucherlar topshirildi. 

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 612 nafar yoshlar (11,8 foiz) “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularning 2 516 nafariga (54,5 foiz) kasb-hunarga o‘qitish, mehnat qurollari xarid qilish va kontrakt to‘lovini to‘lash uchun 16,7 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.

Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining hokim yordamchilari bilan hamkorligi natijasida 1 345 nafar yoshlarga 42,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilishi ta’minlangan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing