Poytaxtda yana 100 kishi koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2020
6943Bugun, 6 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 106 nafarga ortib, 43 476 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
- 100 nafari Toshkent shahrida;
- 6 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 54 yoshli T.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda mamlakatda 40 880 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 2 251 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi