Poytaxtda ishsiz ayollar va yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Biznes

image

Toshkent shahar prokuraturasining tashabbusi bilan shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda kecha, 10 fevral kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi binosida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Tadbirda shahardagi 140 dan ortiq tibbiy tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 1 033 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Tadbir poytaxtda “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida ayollar va yoshlar o‘rtasida aniqlangan ishsizlikni kamaytirish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan fuqarolardan 70 nafariga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma berildi, yana 88 nafari bilan bevosita tadbir jarayonida mehnat shartnomasi tuzilishi ta’minlandi.

Ishga joylashgan fuqarolarning 43 nafari ayollar va 21 nafari yoshlardir.

 

Toshkent shahar prokuraturasi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing