Poytaxt va Toshkent viloyatida 30 ga yaqin avtomobilni talon-toroj qilgan guruh ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati va poytaxt hududida 30 ga yaqin avtomobilni tunagan guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni Toshkent tumani “Ko‘hinur” mahallasida yashovchi fuqaro F.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi. U arizasida 2021 yil 19 yanvardan 20 yanvar kuniga o‘tar kechasi o‘z yashayotgan uy oldida qoldirgan Shangan avtomobilining eshigi noma’lum shaxslar tomonidan ochilib, avtomobil salonida bo‘lgan bir million so‘mlik antiradar moslamasi, 250 ming so‘mlik audio magnitafon va boshqa mayda buyumlar hamda 300 ming so‘m miqdoridagi naqd pullar yashirin ravishda talon-toroj qilib ketilganini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.

Holat yuzasidan Toshkent tumani ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida 5 fevral ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan bir guruh shaxs (Zangiota tumanida yashovchilar 1979 yilda tug‘ilgan M.S., 2001 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1993 yilda tug‘ilgan D.N. va voyaga yetmaganlar 2003 yilda tug‘ilgan Sh.T. hamda 2005 yilda tug‘ilgan I.M.)lar qo‘lga olingan.

Shuningdek, surushtiruvlar davomida ushbu uyushgan guruh Toshkent viloyati va poytaxt hududidan 30 ga yaqin turli xildagi avtotransport vositalarini g‘ayriqonuniy ochib, transport ichida bo‘lgan pul va qimmatbaho buyumlarni talon-toroj qilib kelgani aniqlangan.

Jumladan, ular Toshkent tumani “Oqtom” mahallasi hududida 16 yanvar kuni Damas, Lacetti va Matiz avtomobilini, 18 yanvar kuni “Ko‘ksaroy” mahallasida Nexia avtomobilini, 20 yanvar kuni esa “Ko‘hinur” mahallasida Shangan va Cobalt, “Ko‘ksaroy” mahallasida Gentra va yana bir Nexia avtomobillarini eshiklarini buzish orqali ochib, ichidagi narsa va buyumlarni talon-toroj qilgan.

Shuningdek, ular 3 fevral kuni Zangiota tumani hamda Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlari hududidan 21 ta har xil turdagi avtomobillarni eshiklarini buzish orqali ochib ichidagi narsa va buyumlarni olib voqea joyidan yashiringan.

Bundan tashqari, guruhning 25 yanvar kuni Zangiota tumanidagi xonadonlardan biridan sakkiz bosh qo‘ylarni o‘g‘irlab, sotib yuborgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing