Poyabzal tozalashdan deraza yuvishgacha: kundalik hayotda kartoshkadan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli
Foydali
−
30 aprel 2022
19456Kartoshkani nafaqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida, balki xo‘jalik yumushlarida ham ishlatish mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Unda quyidagi tavsiyalarimiz aynan siz uchun.
Poyabzallarni tozalashda
Poyabzalning yangi holatini xom kartoshka yordamida tiklash mumkin. Buning uchun, kartoshkani ikkiga bo‘ling va krem surtishdan oldin charmga ishqalang. Sirt sal xira bo‘ladi — bu normal holat. So‘ngra poyabzalni yumshoq mato bilan arting. Kartoshka kraxmallari tirnalgan va mayda yoriqlarni mukammal berkitadi.
Kumush buyumlarni yaltirashi uchun
Sanchqi, qoshiq, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan pichoq va kumush idishlarni tozalash uchun kartoshkadan foydalaning. Kartoshkani po‘sti bilan qaynating, so‘ngra ildiz mevalarni olib tashlang, barcha buyumlarni shu suvga soling. Yaxshi yaraqlashi uchun metallni 20-30 daqiqa ushlab turish kifoya. Keyin kumushni toza suvda yuving va qog‘oz sochiq bilan quriting.
Zang ketkazishda
Sabzavot tarkibida zangni erituvchi fosfor mavjud. Tozalash uchun kartoshka, soda, suyuq sovun kerak bo‘ladi. Kartoshkani ikkiga bo‘ling, tozalash vositasiga botirib, zanglagan metallga soda quying. Metallga kartoshkani qo‘yib, 2-3 daqiqa kuting. Yaxshi natijaga erishish uchun aralashmani yarim soatga qoldiring. Korroziya soda bilan yo‘qoladi.
Deraza yuvishda
Endi derazalarni yuvish uchun qimmat uy kimyoviy moddalarini sotib olishingiz shart emas. Kartoshkani ikkiga bo‘ling, derazaga yaxshilab ishqalang, keyin quruq mato bilan arting. Oyna yaltiraydi. Aytgancha, bu usul parlangan oynada ham yordam beradi. Xuddi shuni ko‘zoynak yoki hammom oynasida ham sinab ko‘ring.
Sho‘r ovqatning tuzini olishda
Kartoshka ziravorlarni juda yaxshi o‘zlashtiradi. Agar sho‘rva juda sho‘r bo‘lsa, bir bo‘lak kartoshka qo‘shing. Kartoshka ortiqcha tuzni o‘zlashtiradi, ovqat ta’mi buzilmaydi.
Go‘sht maydalagichni tozalashda
Agar qiyma uchun go‘sht maydalagichni ishlatsangiz, ichida go‘sht parchalari qoladi. Ularni olib tashlash uchun butun qurilmani qismlarga ajratish kerak. Ammo oson yo‘li bor: go‘shtdan keyin kartoshkani aylantirib yuboring, u barcha go‘sht bo‘laklarini o‘zi bilan olib chiqadi.
Dog‘larni ketkazishda
Avvallari, buvilarmiz rangli va nozik materiallardagi dog‘larni kartoshka suvi bilan tozalardi. Xom kartoshka somoncha shaklida to‘g‘ralib, sovuq suvga solinadi, yarim soat turadi. Keyin kartoshkalarni olib tashlab, dog‘li kirlar 20 daqiqaga suvga solinadi. Bu usul meva sharbati, sharob va qahvadan qolgan dog‘larni ketkazishda yordam beradi.
Singan lampochkani burashda
Ba’zan lampochka sinib, tagi patronda qolib ketadi, o‘tkir qirralar qurilmani qandildan chiqarishni qiyinlashtiradi. Bu yerda ham xom kartoshka yordamga keladi — uni kesib, patronga tiqing va soat miliga teskari tarzda burang.
Atirgul qalamchasini o‘stirishda
Kartoshka tarkibidagi mineral va ozuqa moddalari injiq atirgulning unib chiqishiga yordam beradi. Atirgul qalamchasini kartoshkaga tiqib, uni 10 sm chuqurlikdagi yerga eking. Qalamcha ildiz berganda, uni gulzorga ko‘chiring.
Shamollashni davolashda
Qaynatilgan kartoshka bug‘idan nafas olsangiz, tumov, burun bitishi, yo‘tal yo‘qoladi. Bu usul kasallikning dastlabki belgilaridagina samara beradi. Jarayondan keyin hech qanday yaxshilanish bo‘lmasa, maslahat uchun shifokor bilan maslahatlashing.
LiveBarchasi