Portugaliyani himoya qilishdan faxrlanaman – Ronaldu

Sport

image

Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi joriy yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olgani yo‘q. Endilikda Ronaldu va uning sheriklari JCHga saralash bosqichida o‘z guruhlarida ikkinichi o‘rinni egallagan jamoalar bilan birgalikda Qatarga chipta uchun kurashadi.

Portagaliyaning yetakchi futbolchisi Krishtianu Ronalduning fikricha, to‘liq konsentratsiyani Qatar 2022 Jahon chempionatiga chiqishga qaratish zarur. Shuningdek, Ronaldu Instagram sahifasi orqali Portugaliyani himoya qilishdan faxrlanishi haqida ham aytib o‘tgan. 

“To‘liq konsentratsiyani 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqishga qaratamiz. Har doimgidek, Portugaliyani himoya qilishdan faxrlanaman. Yo‘l oson bo‘lmasligini bilamiz. Biz bilan bir maqsadni ko‘zlagan raqiblarga katta hurmat bilan qaraymiz. Lekin Portugaliya o‘zining munosib o‘rnini egallashi uchun birgalikda kurashamiz. Keling buni [ Jahon chempionatiga chiqishni] bajaramiz! ”, deb yozgan “Manchester Yunayted” hujumchisi Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, 24 mart kuni Portugaliya terma jamoasi JCH-2022 saralashning yarim finalida o‘z uyida Turkiyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu juftlikda g‘olib bo‘lgan jamoa 29 mart kuni  Italiya va Shimoliy Makedoniya juftligi g‘olibi bilan uchrashadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing