Portugaliyada favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

image

Portugaliyada bugun, 9 noyabr kuni koronavirus tufayli favqulodda rejim ishlay boshladi. Bu haqda RTP teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.

Favqulodda rejim butun mamlakat bo‘ylab emas, balki uning aksariyat qismida – 121 ta munitsipalitetda, shu jumladan, Portugaliyaning eng yirik shaharlari – Lissabon va Portuda joriy etilgan. 9 noyabrdan 13 noyabrgacha mahalliy vaqt bilan 23:00 dan 5:00 gacha komendantlik soati o‘rnatiladi. Shuningdek, ushbu shaharlarning aholisiga ko‘chaga chiqmaslik qat’iyan tavsiya etilgan.

Keyingi dam olish kunlari soat 13:00 dan 5:00 gacha komendantlik soati joriy etiladi, bemor qarindoshiga yordam berish, itni sayr qildirish, do‘konga va dorixonaga borishga ruxsat beriladi. Komendantlik soati vaqtida restoranlar uy buyurtmalarini yetkazib berishadi.

Ma’lum qilinishicha, favqulodda rejim holati kamida 23 noyabrgacha amalda bo‘ladi. Ehtimol uzaytirilishi ham mumkin.

Portugaliya koronavirusning birinchi to‘lqini paytida Yevropaning janubidagi qo‘shnilari singari yomon zarba olmadi. Ammo ikkinchi to‘lqin paytida bu mamlakatda boshqa ko‘plab qit’aning boshqa mamlakatlarida bo‘lgani kabi yuqtirishlar soni ham ko‘paymoqda. Portugaliyada pandemiya boshlanganidan beri 179,3 ming kishi infeksiya yuqtirib oldi, 2,8 ming kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Portugaliyada

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar