Portugaliya va Ispaniyada anomal issiq qurbonlari soni 1000 dan oshdi
Olam
−
18 iyul 2022
4888Yevropa mamlakatlarida jazirama issiq davom etmoqda. Buning oqibatida hozirgacha Ispaniya va Portugaliyada qurbon bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi. Bu haqida BNO News nashri ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliyada bir necha kun davomida havo harorati 47 darajaga yetgan, bu esa 238 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Ispaniyada esa 16 iyul holatiga 360 kishi jaziramadan halok bo‘lgani aytilgandi. Ularning ba’zilari ishlayotgan vaqtida vafot etgan.
Yevropa bo‘ylab anomal issiq bilan birgalikda o‘rmon yong‘inlari avj oldi, o‘n minglab kvadrat kilometr maydonlar yonib ketgan, minglab aholi va sayyohlar majburan yashash hamda dam olish joylarini tark etgan, bir necha qutqaruvchilar halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda Fransiya janubi-g‘arbidagi Jironde departamentida uylarni saqlab qolish va yong‘inni o‘chirishga 3 ming o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan. Shu bilan birga, Ispaniyada o‘t o‘chirish xizmatlari bir nechta o‘rmon yong‘inlari o‘choqlari kengashini to‘xtatishga harakat qilmoqda. Yong‘in xavfi tufayli mahalliy qishloqlardan 3000 nafar aholi evakuatsiya qilingan.
Portugaliyada 1000 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va oddiy fuqarolar yong‘in turar-joy binolariga yetib bormasligi uchun harakat qilyapti.
Mutaxassislarning fikricha, Portugaliyadan Fransiyaning markaziy qismigacha va janubi-sharqiy Yevropadagi hududlarda issiqlik uzoq vaqt (20 kun va undan ko‘proq) davom etishi mumkinligidan xavotir bildirilyapti. Ularning aytishicha, issiqlik iyul oyining oxirigacha yoki avgustgacha davom etishi mumkin.
Sinoptiklar issiqxona gazlari chiqindilari nolga tushirilmaguncha, issiqlik to‘lqinlari kuchayishi va tez-tez sodir bo‘lishi bilan birgalikda uzoq davom etishidan ogohlantirgan.
Abdulvohid Yoqubov
LiveBarchasi