Portugaliya va Ispaniya JCH-2030 ga birgalikda mezbonlik qilmoqchi
Sport
−
11 iyul 2022
2631Ispaniya va Portugaliya 2030 yilgi Jahon chempionati mezbonligi uchun birgalikda ariza berish niyatida. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki davlatda Jahon chempionatini o‘tkazish uchun tayyor bo‘lgan 14 ta stadion mavjud. Shunisi e’tiborga loyiqki, Ispaniya mundialni o‘zida qabul qiluvchi asosiy davlat bo‘ladi. Portugaliyadan esa rejalashtirilgan 14 ta stadionning uchtasi tanlab olingan. Ya’ni, Lissabondan ikkita va Portudan bitta arena Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin.
Portugaliya JCH-2030 uchun quyidagi stadionlarni taklif qilmoqda: “Da Lush”, “Dragau” va “Jose Alvalade”. Ispaniyadan esa “Santyago Bernabeu”, “Vanda Metropolitano”, “Kamp Nou”, “Kornelya”, “La Kartuxa”, “San Mames”, “Mestalya”, “Riazor”, “El Molinon”, “La Romareda,” “Reale Arena”, “La Rosaleda”, “Gran-Kanariya” va “La Kondomina” stadionlari mundialni qabul qilishi mumkinligi aytilgan.
Avvalroq, 2026 yili AQSH va Meksikada o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga mezbonlik qiluvchi stadionlarning ro‘yxati ma’lum qilingandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi