Portugaliya terma jamoasining yangi murabbiyi kimligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Belgiya terma jamoasning sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines Portugaliya terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Portugaliya terma jamoasi rahbariyati bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va rasmiy kelishuv kelasi hafta e’lon qilinadi. Martines Portugaliyada 2014 yildan 2022 yilgacha sakkiz yildan ortiq vaqt davomida terma jamoani boshqargan Fernando Santush o‘rnini egallaydi.  

49 yoshli Martines Belgiya terma jamoasida 2016 yildan 2022 yilgacha ishladi. Martines uchun xalqaro miqyosdagi eng yuqori natija 2018 yilda Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan bronza medali bo‘ldi. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis "Suonsi", "Uigan" va "Everton" klublarida ham bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing