Portugaliya a’zosi mundialda o‘ynagan eng keksa uch futbolchi safiga kirdi
Sport
−
29 noyabr 2022
3541Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe Jahon chempionatida to‘p surgan tarixdagi eng keksa uch futbolchidan biriga aylandi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi.
"Portu" futbolchisi Urugvayga qarshi 39 yoshu 275 kunligida maydonga tushdi. U o‘z terma jamoasi tarixida Jahon chempionatida o‘ynagan eng keksa futbolchi nomini ham qo‘lga kiritdi.
Bu borada Pepe ikki futbolchidan ortda qolmoqda: Rojer Milla 1994 yilgi Jahon chempionatida Kamerun terma jamoasi safida 42 yoshu 39 kunligida maydonga tushgan, Atiba Xatchinson esa 2022 yilgi Jahon chempionatida Kanada terma jamoasida 39 yoshu 292 kunligida to‘p surdi.
Portugaliya "H" guruhidagi ikkinchi o‘yinda Urugvayni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Eysebio vatandoshlari 6 ochko jamg‘arib, guruhdan muddatidan avval chiqishni uddaladi.
LiveBarchasi