Portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan terroristik guruh rahbari 21 yilga qamaldi

Olam

image

Moskvada terroristik hujumlarini uyushtirmoqchi bo‘lgan terroristik guruh rahbari sudlandi. U 21 yilga qamaldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lumotlariga tayanib TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi Moskvada ommaviy otishma va portlashlarni rejalashtirgan terroristik guruh rahbarini 21 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. 

Ma’lum qilinishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan birining fuqarosi Suriya hududida bo‘la turib, ISHID xalqaro terroristik tashkiloti tarkibida Moskvada terrorchilik harakatlarini sodir etish maqsadida ushbu terrorchilik tuzilmasining maxfiy guruhini tashkil qilgan.

Aniqlanishicha, uning topshirig‘iga ko‘ra, terrrorchi guruh  aholini o‘qqa tutish va portlashlar uyushtirish uchun o‘qotar qurol va o‘qdorilarni, qo‘lbola portlovchi moslamalarni ishlatishni rejalashtirgan. 

Maxfiy xizmatning aniqlik kiritishicha, xavfsizlik idoralarining 2016 yildagi profilaktik harakatlari tufayli terrorchilik guruhi faoliyati bostirilgan. Uning a’zolari hibsga olingan va keyin uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan. Ulardan juda ko‘p sonli avtomat qurol, o‘q-dorilar va qo‘lbola portlovchi moslama musodara qilindi. FXX guruh yetakchisi 2020 yil oktyabr oyida hibsga olinganligini xabar qildi. Tergov davomida uning aybi to‘liq isbotlangan. U ayblovlarni tan olgan.

Diyora Abdurahmonova

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing