Poroshenko Zelenskiyga murojaat qildi. Uning maqsadi nima?

Olam

image

Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining Telegram kanalida amaldagi davlat rahbari Vladimir Zelenskiyga uni mamlakatdan tashqariga chiqarishini so‘rab murojaat qildi.

Ta’kidlanishicha, ikki kun avval Poroshenko ikki marta “Rava-Russkaya” chegara punkti orqali Polshaga jo‘nab ketmoqchi bo‘lgan, biroq ikkala holatda ham uni patrul to‘xtatib qolgan. 

U o‘z maktubida Niderlandiyaning Rotterdam shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa xalq partiyasi kongressi va sammitida nutq so‘zlamoqchi ekanligini tushuntirgan. Sobiq Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, uning Oliy Rada raisi imzolagan rasmiy taklifnomasi bor.

Poroshenkoning ta’kidlashicha, u Rotterdamda Ukrainaga NATOga a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasini berishni so‘rash niyatida bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Poroshenko uchinchi urinishda Ukrainani tark etishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Poroshenko 2014-2015 yillarda Donbassdan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchi hisoblanadi va uni 15 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Joriy yilning yanvar oyida Kiyevning Pecherskiy tuman sudi mamlakat sobiq rahbarini shaxsiy majburiyat bo‘yicha ozodlikka chiqarib, unga xorijga chiqish uchun pasportlarini topshirish va tergovchi ruxsatisiz Kiyev va viloyatni tark etmaslikni buyurgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

749

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing