Pornografik material tarqatganlik uchun jazo kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisida ma’qullangan qonunga ko‘ra, pornografik mahsulotlarni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalari musodara qilinadi.

Ushbu faoliyatlar bilan shug‘ullangan fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 400 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 450 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida pornografik mahsulotlarni tayyorlagani va tarqatgani sababli 182 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qonunchilikdagi ushbu o‘zgarishlar Respublika Prezidenti tomonidan imzolanganidan keyin kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

463

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing