Pore va Konor o‘rtasida 4-jang bo‘ladimi? Dastin javob berdi
Sport
−
15 fevral 2022
4072Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Dastin Pore ikki divizionning sobiq chempioni Konor Makgregor bilan to‘rtinchi jangni o‘tkazmaydi. Bu haqda Dastinning o‘zi ma’lum qildi.
“Konor va menda katta bir tarix bor. Men unga yengil vaznda mag‘lub bo‘ldim va yetti yildan keyin uni ikki marta yenga oldim. Konor bilan boshqa jang qilmayman. U bilan boshqa ro‘baro‘ kelishni xohlamayman. Endi Konor bilan jang eshiklari men uchun yopiq. Agar to‘rtinchi jang o‘tkaziladigan bo‘lsa ham, buning yagona sababi pul bo‘lishi mumkin. Men uni ketma-ket ikki marta yengdim. Isbotlaydigan boshqa narsa yo‘q”, deydi Pore.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Pore va Konor o‘rtasida 3 marta jang o‘tkazilgan bo‘lib, birinchisi 2014 yilda Konor Makgregorning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. O‘tgan yilnig yanvar oyida o‘tkazilgan ikkinchi jangda Pore nokaut bilan revansh oldi. Uchinchi jang ham o‘tgan yili o‘tkazildi va bunda ham amerikalik jangchi texnik g‘alaba bilan ustun keldi.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi