Populizmdan boshqa narsa emas – Ekopartiya vakili arqon voqeasiga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
4032Joriy yilning 16 dekabr kuni “Demokratik debat”ning navbatdagi sonida jurnalist Ekologiya partiyasi vakiliga o‘zini daraxtga bog‘lashini tasviya qilib, qo‘liga arqon tutqazgan edi. Bugun partiyaning boshqa vakili jurnalistning ushbu xatti-harakatini “populizm” deya qoralab chiqdi.
“Jurnalist tomonidan bizning partiyaga berilgan arqon o‘zini ko‘rsatish va populizmdan boshqa narsa emas. O‘zini arqon bilan daraxtga bog‘lash, bizning urf-odatlarimizga ham, faoliyatimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bundan ko‘ra daraxtni asrash uchun qonuniy, huquqiy harakat qilamiz. Bizning partiya bunday harakatni saylov kampaniyasini ta’sirchan qilish uchun ham qo‘llamaydi”, deydi O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Saidrasul Sanginov.
Eslatib o‘tamiz, jurnalist Malohat Yo‘ldosheva O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosiga arqonni tutqaza turib, “Butundunyo rivojlangan davlatlari tajribasida agar birorta daraxt kesiladigan bo‘lsa, “Yashillar” partiyasi vakillari o‘sha kesiladigan daraxtga o‘zini bog‘lab olib, “meni ham qo‘shib kes”, deydi.
Ekopartiyani tashkil topganiga 11 oy bo‘ldi. Saylov kampaniyasi e’lon qilinganiga 85 kun bo‘ldi. 5 kun vaqtinglar qoldi. Shuncha paytdan beri ko‘plab daraxt kesilyapti. Lekin birorta partiya vakili chiqib, shu kesiladigan daraxt uchun men turib beraman deganini ko‘rsatmadi.
Men bugun Ekologik partiyaga hammaning oldida mana shu arqonni beraman. Mana shu arqon bilan respublikada kesilayotgan har bir daraxtga Ekologiya partiyasi a’zosi o‘zini bog‘lasin”, degan edi.
LiveBarchasi