Pompeo Rossiyani AQSHning dushmani deb atadi

Olam

image

Rossiya Qo‘shma Shtatlarning dushmanlari qatoriga kiradi va uning Prezidenti Vladimir Putin erkinlikni sevadigan barcha amerikaliklarga tahdid soladi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Mark Levinning radio-shousida ma’lum qildi. Uning intervyusi AQSH hukumati veb-saytida e’lon qilingan.

“Mendan har doim bizning dushmanimiz kimligini so‘rashadi va javob shu: bizning hayot tarzimizga, Respublikamizga, bizning asosiy demokratik tamoyillarimizga putur yetkazmoqchi bo‘lganlar ko‘p. Rossiya ushbu ro‘yxatda, albatta bor”, deydi Pompeo.

Shuningdek, u Putinni erkinlikni sevuvchilar uchun haqiqiy xavf deb atadi. AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden ilgari Rossiya xalqaro munosabatlarda AQSH uchun asosiy tahdid ekanini aytgan edi.

2019 yilning qishida o‘tkazilgan “Gallup” tadqiqotida amerikaliklarning uchdan bir qismi tomonidan Rossiya AQSHning asosiy dushmani deb topilgan. Rossiyadan tashqari, respondentlarning aksariyati Xitoy va Shimoliy Koreyani o‘z mamlakatlarining asosiy dushmani sifatida ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

257

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing