Pomirda isroillik sayyohlar qutqarildi
Olam
−
23 Sentabr 2019
2819Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatidagi Pomir tog‘larida sayohatga chiqqan to‘rt isroillik tog‘dan pastga tusha olmadi va SOS signalini berdi. Bu haqda Avesta agentligi xabar bermoqda.
Isroillik sayyohlarni qutqarish operatsiyasi to‘rt kun davom etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 23 dan 26 yoshgacha bo‘lgan Isroildan kelgan to‘rtta sayyoh, shu jumladan yosh ayol, 4 ming 700 metr balandlikda qolib ketgan. Tegishli signalni olgan qutqaruvchilar Shug‘non tumani Kulin qishlog‘i yaqinida qidiruv ishlarini olib borish uchun yig‘ilgan.
Qutqaruv ishlarida avtomobil va vertolyot yordamida balandlikka ko‘tarilishning iloji bo‘lmagani uchun, qutqaruvchilar maxsus texnikalar yordamida 20 kilometr piyoda yurib, 19 sentyabr kuni o‘z manzillariga yetib keldi.
Ular balandlik kasalligidan (kislorod yetishmasligi tufayli balandlikdagi gipoksiya) aziyat chekkan 23 yoshli Ben Moshe Shayuga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va 20 sentyabr kuni erta tongda otlarga o‘tirib Sarez ko‘liga tushishni boshladi.
21 sentyabr kuni ertalab soat 08:55 da qutqaruv ishlari tugadi. Sayyohlar Xorog shahriga olib borildi. Xorogda sayyohlardan ikkitasi qoldi, qolgan ikkitasi Dushanbedagi "Istiqlol" kasalxonasiga yotqizildi.
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi sayyohlarga tog‘larga yuborishdan oldin qutqaruv xizmatida ro‘yxatdan o‘tish kerakligini eslatdi.
LiveBarchasi