Polkovnik Ikromjon Bo‘ronov vafot etdi
Jamiyat
−
23 avgust 2020
22129O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, ichki ishlar organlari faxriysi, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov bugun, 23 avgust kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
“Bu insonning faxriy sifatida yoshlar tarbiyasi, ularni Vatanga muhabbat va burchga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari, shuningdek san’atdagi ijodi nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari, balki san’atsevar xalqimiz tomonidan munosib qadrlanib, ularning nomi doimo hurmat-ehtirom bilan tilga olinardi.
Barchamiz sevib tinglaydigan “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” ko‘shig‘i bugun oradan yarim asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsada, hamon elimizning suyukli ko‘shig‘i sifatida yangrab kelmoqda”, deyiladi IIV xabarida.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi