Polshadagi qurol zavodida kuchli portlashda bir kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Polsha janubidagi Sventokshiskiye voyevodligidagi Mesko qurol zavodida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda korxona direktoriga tayanib, deb xabar RMF FM radiostansiyasi xabar berdi.

"Biz bir necha yil oldin ishga tushirilgan raketa yoqilg‘isi markazida portlash sodir bo‘ldi", deydi zavod direktori Eljbeta Srenyavskaya.

Portlashdan keyin yong‘in chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohatlangan va bir kishi halok bo‘lgan. Portlash vaqtida markaz ichida uch kishi bo‘lgan. Bir kishi o‘zi xonadan chiqib ketgan.

Voqea joyida o‘t o‘chirish brigadasi ishlamoqda, havo qutqaruv vertolyoti ham qo‘ngan. Zavod rahbariyati portlashga nima sabab bo‘lganini tekshiryapti.

Ma’lumot uchun, voqea sodir bo‘lgan Skarjisko-Kamennayadagi zavod qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing