Polshada qabristonga gul qo‘yishga kelgan Rossiya elchisi olomon hujumiga uchradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 9 may kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Varshavaning Jvirki va Vigura ko‘chalarida joylashgan sovet askarlarining harbiy yodgorlik qabristoniga gul qo‘yishga kelgan vaqtida qizil rangga burkaldi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Qayd etilishicha, elchi, uning rafiqasi va unga hamrohlik qilgan bir guruh diplomatlar Rossiya bayrog‘i ko‘tarilgan diplomatik mashinada yodgorlikka gul quyish uchun yetib kelgan.

Biroq, ular mashinadan tushganidan so‘ng, yodgorlik maydoniga Ukraina bayrog‘ini ko‘targan, qizil rangga bo‘yalgan choyshablar va Rossiyaga qarshi shiorlar bilan to‘plangan agressiv olomon tomonidan o‘ralgan. Diplomatlar bir necha qadam tashlashgan, ammo olomon ularga yurishga imkon bermagan va qizil rangli bo‘yoq sochgan. 

Olomon qabristonga gul ko‘tarib kelganlarga askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirish va G‘alaba kunini nishonlashga haqqingiz yo‘q deya baqirgan. 

Shundan so‘ng, politsiya hodisa joyiga yetib kelib, diplomatlarga mashinagacha yetib olishga yordam bergan.

O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi

“Neonatsizm muxlislari yana asl yuzlarini ko‘rsatdi. Ikkinchi jahon urushi qahramonlari yodgorliklarini buzish, qabrlarni tahqirlash, har bir inson uchun muqaddas kunda gul qo‘yish marosimini buzish buning yaqqol isbotidir. G‘arb fashizmni reinkarnatsiya qilish yo‘lini belgilab oldi. Ammo, aytganimdek, bizni qo‘rqitib bo‘lmaydi. Bu Yevropa aholisi uchun dahshatli bo‘lishi kerak", deydi Zaxarova.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

792

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing