Polsha Ukrainadagi mojaro sabab “qardosh”i bilan munosabatlarini muzlatdi

Olam

image

Polsha Ukraina bo‘yicha pozitsiyalardagi farq tufayli Vengriya bilan  munosabatlarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda Polsha Bosh vazirining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy “Radio Plus”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Orban (Vengriya Bosh vaziri) Buchani ko‘rish uchun oftalmologga muhtoj. U mojaroga barham berishda rol o‘ynashga umid qilmoqda, ammo menimcha, bu butunlay boshi berk ko‘cha. Agar Orbanning pozitsiyasi o‘zgarmasa, Varshava Budapesht bilan hamkorlikni davom ettira olmaydi”, deydi Bosh vazir o‘rinbosari.

Unga ko‘ra, munosabatlarni tiklash Ukrainadagi urushga baholar o‘zgargandan keyingina mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, Ukraina rahbari Yevropa Ittifoqining yetakchi siyosatchilaridan biri Buchadagi urush jinoyatlari sahnalashtirilmagani haqidagi dalillarni ko‘rmoqchi bo‘lganini aytib, undan qattiq xafa bo‘lgandi. Ammo siyosatchining ismini ochiqlamadi, faqat bu Germaniya kansleri Olaf Shols emasligini ta’kidladi. Ko‘pchilik aynan Vengriya Bosh vaziri shu gapni aytganini taxmin qilmoqda. Chunki u yaqinda saylovlarda ishonchli g‘alaba qozongan va Ukrainaga qurol-yarog‘ bilan yordam berishdan bosh torgan. Bundan tashqari, Orban Rossiya gazi uchun Moskvaning yangi shartlari bo‘yicha – rublda to‘lashga roziligini aytgan.

“Bucha qirg‘ini”

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan.

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan.

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi.

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan.

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing