Polsha ukrain qochqinlariga yordam berish uchun qancha pul kerakligini aytdi

Olam

image

Polshaga ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun milliardlab yevro kerak. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar va ma’muriyat vaziri o‘rinbosari, qochqinlar bo‘yicha hukumat vakili Pavel Shefernaker ma’lum qildi.

“Boshidanoq biz ko‘rsatayotgan yordam millionlab emas, milliardlab yevroda ekanligini aytdik. Qochqinlarga yordam berayotgan davlatlarga Yevropa Ittifoqi yordami ham 2015-2016 yillarda Turkiya yoki Gretsiya misolida bo‘lgani kabi hisoblanishi kerak”, degan Shefernaker.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Yevrokomissiyaning takliflari “yetarlilikdan yiroq”. Shu bilan birga, hukumat vakilining ta’kidlashicha, ayni paytda qochqinlarga yordam berish masalalari moliyalashtirilayotgan Birdamlik jamg‘armasi mablag‘larining “95 foizi boshqa turli investitsiyalar uchun foydalaniladi”. 

“Biz ularni qochqinlarga yordam berish uchun yo‘naltira olmaymiz”, deb tushuntirgan Shefernaker. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Ukrainaga hujum boshlaganidan beri Ukrainadan Polshaga 3,6 milliondan ortiq qochqin kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing