Polsha Seymi Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

Kecha, 16 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishida Polsha Seymi Ukrainaning tashkilotga kirishini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Wprost” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qarorni ma’qullovchi rezolyutsiyani 443 deputat qo‘llab-quvvatlagan, ikki nafari qarshi, yana yetti nafari betaraf bo‘lgan.

“Ukraina xalqining fidoyiligi va uning o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlashdagi suveren huquqini hisobga olgan holda, Polsha Seymi Ukrainaning Yevropaga intilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi hujjatda.

Shuningdek, unda Ukrainaning NATOga kirishi harbiy nuqtai nazardan alyansning o‘zi uchun foydali bo‘lishi ta’kidlangan. Chunki Ukraina Qurolli kuchlari keng ko‘lamli urush davrida katta jangovar tajribaga ega bo‘ldi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing