Polsha Ikkinchi jahon urushidagi vayrongarchiliklar uchun Germaniyadan tovon talab qildi
Olam
−
03 Oktabr 2022
8383Polsha Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi davridagi vayronagarchiliklar uchun 1,3 trillion yevro tovon undirishni talab qiluvchi notani imzoladi. Bu haqda “TVN24” nashri xabar berdi.
"Men imzolagan diplomatik nota Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga topshiriladi", deydi vazir.
Rauning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar 1939-1945 yillardagi fashistlar tajovuzi va istilosi yillarida yetkazilgan moddiy va nomoddiy yo‘qotishlarni qoplash masalasini hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rishlari kerak.
Avvalroq, 1 sentyabr kuni Polsha hukumati Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi natijasida yetkazilgan zarar uchun tovon puli sifatida 6,2 trillion zlotiy (taxminan 1,3 trillion dollar) talab qilgan edi.
14 sentyabrda Polsha Seymi mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan rezolyutsiyani qabul qildi. Unda aytilishicha, Varshava hech qachon Germaniya davlati yetkazgan ko‘p sonli insoniy va moddiy yo‘qotishlar uchun tovon olmagan va shuning uchun Berlin bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga intiladi.
Bunga javoban Germaniya kansleri Olaf Shols Polshaning Germaniyadan yangi tovon to‘lash talabi tufayli ikki davlatning mavjud chegaralarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatiga shama qilgan.
Ikkinchi jahon urushi – XX asrda sodir bo‘lgan jahon tarixidagi eng yirik urush. Bu urush 1939 yil 1 sentyabrdan boshlanib, 1945 yil 2 sentyabrda tugagan. Aynan Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi Ikkinchi jahon urushini boshlab bergan. 3 sentyabrda esa Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qilgan. SSSR 1939 yil 17 sentyabrda Polsha hududiga qo‘shin kiritgan
LiveBarchasi