Polsha generali Boris Jonsonni harbiy sirlarni oshkor qilishda aybladi

Jamiyat

image

Polsha quruqlikdagi kuchlarining sobiq qo‘mondoni general Valdemar Skshipchak Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonni respublikada ukrainalik harbiylar tayyorlanayotganini e’lon qilganidan keyin harbiy sirlarni oshkor qilishda aybladi. Bu haqda Polshaning “Fakt” gazetasi xabar bermoqda.

“Buyuk Britaniya Bosh vaziri harbiy sirni oshkor qildi. Yomon so‘zlar og‘izda... Harbiy tayyorgarlik armiyaning ishi, bunday vaziyatlar sir tutiladi. Erkak o‘zini tiyib, bunday gaplarni aytishdan oldin o‘ylab ko‘rsin”, deydi jahl bilan general Skshipchak.

Yaqinda Boris Jonson Hindistonga tashrifi chog‘ida bir guruh ukrainalik harbiy xizmatchilar Polshada zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ishlash bo‘yicha o‘qitilayotganini aytgan edi. Skshipchak bunday xatti-harakatlar halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Bosh vazir bundan bexabar bo‘lishi mumkin, ammo bunday bayonotlar bilan u butun harbiy operatsiya muvaffaqiyatini, shuningdek, askarlar xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi”, deya ta’kidlaydi Valdemar Skshipchak.

Ma’lumot uchun, Valdemar Skshipchak 2006-2009 yillarda Polsha quruqlikdagi kuchlariga qo‘mondonlik qilgan.

Avvalroq, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Ukraina askarlari ham Buyuk Britaniyada ularga topshirilgan jihozlardan foydalanishga o‘rgatilganini tasdiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing