Polsha-Belarus chegarasida O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Olam

image

Chet el fuqarolarini Polshaga o‘tkazishga yordam bermoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Belarus bilan chegarada qo‘lga olindi. Bu haqda Polsha chegara xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 86 nafar chet ellik Belarusdan Polshaga noqonuniy o‘tishga uringan. Bu 2022 yilda Belarus-Polsha chegarasini kesib o‘tishga uringan eng katta muhojirlar guruhi ekani ta’kidlangan.

“18 mart kuni 86 nafar xorijlik Belarusdan Polsha hududiga noqonuniy kirishga urindi. Bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Iroq, Yaman, Nigeriya, Suriya fuqarolari hibsga olindi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, noqonuniy muhojirlarga yordam ko‘rsatgani uchun Polsha chegarachilari tomonidan 3 kishi – Litva, O‘zbekiston va Ukraina fuqarolari qo‘lga olingani xabar qilingan. Ulardan ikki nafari chet elliklarning ikki guruhiga jo‘nab ketishiga yordam berishga uringan. Ikkinchisi Suriyaning to‘rt nafar fuqarosiga Polshaga kirishiga yordam berishga harakat qilgan.

“Avtobuslardan birida Iroqning 15 fuqarosi olib ketilgan”, deydi Polsha chegara xizmati.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha-Belarus'

Baholaganlar

1367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar