Polsha Belarus bilan bog‘lovchi temir yo‘llarni yopishi mumkin

Olam

image

Polsha Belarus bilan temir yo‘l orqali o‘zaro yuk tashuvlarini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda PAP axborot agentligi Polsha Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Masey Vonsikka tayanib xabar berdi. 

“Biz ular orqali [Polsha-Belarus chegarasidagi temir yo‘l o‘tish joylari] tovarlarning salmoqli qismi, jumladan, Polsha tovarlari ham o‘tishini tushunamiz. Xitoy bilan savdo ham [bu temir yo‘llar orqali] olib boriladi. Menimcha, xitoyliklar Lukashenkoga ularga zarar yetkazadigan harakatlar qilmaslik bo‘yicha to‘g‘ri signal yuborishlari kerak”, deydi vazir o‘rinbosari. 

Vonsikning aytishicha, hozirda Belarus-Polsha chegarasida yo‘lovchi (Terespol-Brest) va yuk (Kukuriki-Kozlovichi) tashishni amalga oshirish uchun bitta nazorat punkti mavjud. 

Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi davrida Polsha tomoni Belarus bilan temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashishni ham taqiqlab qo‘ygandi. Keyinroq taqiq bekor qilingan, biroq temir yo‘lda yo‘lovchi tashish hali tiklanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Belarus bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytrish uchun ushbu hududga qo‘shimcha 2 ming askarni yuborgan edi. Polsha rahbari Anjey Duda esa chegaradagi vaziyat keskinlashgani tufayli Janubiy Koreyaga safarini bekor qildi. Boisi, joriy yilning 1 avgust kuni chegara yaqinida mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan Belarusning ikki harbiy vertolyoti Polsha havo hududini buzib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing