Pokistonda “Tolibon” targ‘ibotchilarga hujum qildi

Olam

image

Pokistonda “Taxriki Tolibon” nomi bilan tanilgan jangari guruh bugun, 11 dekabr kuni bolalarga poliomiyelitga qarshi emlanishni targ‘ib qilayotgan bir guruh faollarni o‘qqa tutdi. Pokiston hukumatining ma’lum qilishicha, qurollangan shaxs mototsiklda ketaturib, emlashga targ‘ib qilayotgan faollarni qo‘riqlayotgan politsiya ofitserlariga qarata o‘q uzgan. 

Hodisa Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining Tank tumanida sodir bo‘lgan. Hujumda bir nafar politsiya xodimi olgan tan jarohati oqibatida qurbon bo‘lgan va yana biri yarador ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Faollardan hech kim yaralanmagan. 

“Taxriki Tolibon” vakili Muhammad Xurosoniy hujumni jangari guruh o‘z zimmasiga olishini ta’kidlagan. 

Politsiyaga ko‘ra, qurollangan shaxs voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. 

Faollar guruhi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ular 5 kunga mo‘ljallangan targ‘ibotning endigina ikkinchi kunini o‘tkazishayotgan edi. Guruh butun mamlakat bo‘ylab 6,5 million bolani emlashni reja qilgan. 

Xalqaro Poliomiyelitga qarshi kurash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Pokistonda 2020 yilda (oxirgi 84 yil ichida) ushbu kasallik bilan bog‘liq 1 ta holat qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, “Taxriki Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan guruh kabi Pokistonda hukumtga qarshi tuzilgan harakatdir. Ushbu guruh 2007 yilda tashkil topganidan buyon Pokistonda bir necha qonli hujumlar va to‘qnashuvlarni amalga oshirib kelmoqda. Rasmiy Islomobod, qurolli guruhlarning o‘ziga chegaradosh Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelishi ortidan Pokistonda ham jangari guruhlar zo‘ravonligi ortishidan xavotirda ekanini bildirmoqda.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing