Pokistonda qayiq ag‘darilishi oqibatida bolalar halok bo‘ldi

Olam

image

Pokistonning shimoli-g‘arbida o‘n nafar maktab o‘quvchisi qayiqning ag‘darilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 29 yanvar kuni Tanda to‘g‘on ko‘lida sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiyaga ko‘ra, qayiqda jami 25 nafar bola bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, cho‘kish oqibatida halok bo‘lganlarning barchasi 11 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan, yana to‘qqiz nafari bedarak yo‘qolgan. 25 nafar boladan olti nafari qutqarib qolingan, uch nafarining ahvoli og‘ir. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haddan tashqari yuklanish qayiqning ag‘darilishiga olib kelgan. 

Peshovardan qutqaruvchi g‘avvoslar jalb qilingan va mahalliy aholi suvdan jasadlarni olib chiqishda mas’ullarga ko‘maklashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing