Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketildi va qiynoqqa solindi
Olam
−
17 iyul 2021
11167Kecha, 16 iyul kuni Afg‘onistonning Pokistondagi elchisining qizi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, elchining qizi qiynoqqa solingan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan.
“Afg‘onistonning Islomoboddagi elchisi Najibulla Alixilning qizi uyga qaytishda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Xonim Silsila Alixil qattiq qiynoqqa solinganligi haqida chuqur afsus bilan xabar beramiz”, deyiladi Afg‘oniston TIV bayonotida.
Xabarga ko‘ra, hozirda elchining qizi shifoxonada bo‘lib turibdi.
“Vazirlik ushbu qabih xatti-harakatni qat’iyan qoralaydi hamda Afg‘onistonning Pokistondagi diplomatlari, ularning oilalari va diplomatik vakolatxonalari, konsulliklari xodimlari xavfsizligi uchun chuqur tashvish bildiradi”, deya qayd etilgan bayonotda.
Vazirlik Pokiston hukumatini jinoyatchilarni topib, ularni sud oldida javobgarlikka tortishga va elchixonaning xavfsizligini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlashga chaqirgan.
LiveBarchasi