Pokiston va Hindistonga chigirtkalar yopirildi (video)

Olam

Hindiston va Pokistonga chigirtkalar yopirildi. Ikki davlat chegarasidagi Rojaston hududini chigirtkalardan iborat bulut qopladi. Hindistonning beshta shtatida chigirtkalarning ulkan galasi ko‘rindi.

Gurgaon osmoni hasharotlarning ko‘pligidan qorayib qoldi. Chigirtkalar uylarning tom va ayvonlariga yopishib oldi. Odamlar chigirtkalarni mushak va baland ovoz bilan haydayapti.

Hokimiyat yuqori darajali tayyorgarlik e’lon qildi. aholidan derazalarni yopish va o‘simliklarni pana qilish so‘ralyapti.

Chigirtkalarning kattaroqlari kuniga 150 km masofagacha yo‘l bosishi mumkin. Hasharotlar Hindiston poytaxti — Nyu-Dehligacha yetib borishdi. Hokimiyat yuqori tayyorgarlik tartibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing