Pokiston Prezidenti emlanganidan so‘ng koronavirusga chalindi
Olam
−
31 mart 2021
3611Pokiston prezidenti Arif Alvi birinchi emlashni olganiga qaramay koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
“Menda COVID-19 borligi aniqlandi. Vaksinaning birinchi dozasini oldim, ammo antitelalar bir haftadan so‘ng olinishi kerak bo‘lgan ikkinchi dozadan keyin paydo bo‘lyapti. Iltimos, ehtiyot bo‘ling”, deyiladi tvitda.
Pokiston Prezidenti 19 mart kuni koronavirusga qarshi emlandi va 70 yoshdan oshgan yosh toifasida emlangan birinchi Prezident bo‘ldi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilganidek, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon ham emlangan, unga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi