Podpolkovnik Zoyir Saydaliyev koronavirusdan vafot etdi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati katta inspektori, podpolkovnik Zoyir Saydaliyev koronavirus sabab 51 yoshida vafot etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi uning vafoti haqida joriy yilning 21 iyul kuni xabar bergandi, biroq marhumning shaxsi ochiqlanmagan. 

SSVning qayd etishicha, koronavirusga chalingan Saydaliyev o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

U joriy yilning 17 iyul kuni IIV Markaziy gospitalining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va 18 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan.

Unga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning o‘ta og‘ir kechishi, ikkala boldir arteriyalari okklyuziyasi, chap son yonbosh arteriyasi stenozi, surunkali pankreatit kabi hamroh xastaliklar bo‘lgan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Zoyir Saydaliyev ko‘p yillar davomida IIV YHXBBda samarali mehnat qildi. U OAV xodimlarining yaqin hamkori va do‘stiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV YHXBB Koronavirus O'zbekistonda Podpolkovnik Zoyir Saydaliev

Baholaganlar

1713

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing